Qurilish muhandisligi fakulteti uchinchi bosqich TIF-6 va TIF-8 guruhi talabalari dars mashg’ulotlari “Ko’priklar va tonnellar” kafedrasi assistenti A.A.Abdusattorov boshchiligida bevosita qurilish ob’yektida bo’lib o’tdi. Ekskursiya davomida talabalar Toshkent shahrida barpo etilayotgan monolit yo’l o’tkazgich qurilish jarayonlari bilan tanishish maqsadida Farg’ona yo’li va Toshkent Halqa avtomobil yo’li ko’chalari kesishmasidagi yo’l o’tkazgichni optimallashtirish loyihasi va qurilishi bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko’zdan kechirdilar. Qurilish ishlariga mas’ul “GRAND ROAD TASHKENT” tashkiloti mas’ul xodimi talabalarga qurilish ishlari bo’yicha atroflicha ma’lumot berdi, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Qurilish tashkiloti yetakchi mutaxasisslari ishtirokida universitetda master klass o’tkazishga kelishib olindi.