“Qurilish muhandisligi” fakulteti 4-kurs talabalari 2022 yilning 14-fevraldan “Bitiruv oldi amaliyoti”ga jalb qilingan. “Temir yo‘l muhandisligi” kafedrasi dotsenti X.K. Umarov va kafedra katta o‘qituvchisi A.B. Yemberganovlar “203-Tajriba yo‘l mashina stansiyasi”da bo‘lishdi. “203-Tajriba yo‘l mashina stansiyasi” boshlig‘i B.B. Fayzullayev talabalar bilan uchrashdi. “203-Tajriba yo‘l mashina stansiyasi” boshlig‘i amaliyotni mazmunli o‘tash uchun rahbariyat tomonidan talabalarga barcha imkoniyatlar yaratilib berilishini va bu imkoniyatlardan oqilona foydalanish zarurligini ta’kidladi. Amaliyotni a’lo darajada qatnashgan talabalar “203-Tajriba yo‘l mashina stansiyasi” tashkilotida ishga olib qolishi kelishildi. Shu jumladan bir qatorda kafedraning bir guruh talabalari Qo‘qon temir yo‘l uzelida amaliyotni samarali o‘tkazishmoqda.