Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari “O’zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan qurilayotgan uylar bilan tanishdi

Qurilish muhandisligi fakulteti talabalari “O’zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan qurilayotgan uylar bilan tanishdi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora tadbiralari to’g’risida” PQ 3151- son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qurilish muhandisligi fakulteti 2-bosqich talabalari “O’zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan qurilayotgan uylar bilan tanishdi.
“O’zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan Toshkent shahar, Sergeli tumani, Yangi Darxon mahallasida 16 qavatli uylarni qurilish jarayoni bilan tanishdi.Binolar 2, 3, 4 xonali xonadonlardan iborat, har bitta uyda 2 tadan lift ishlatiladi. Binoning ichimlik suv bilan taminlashda aqilli nasoslar foydalanish ko’zda tutilgan. Uylarda issiqlik energiya tejamkorligini oshirish maqsadida gazablok va 10 sm bazalt qoplamalaridan qoplangan.
Tashkilot rahbarlari bilan “О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ obyektlarida kelgusida talabalar amaliyot va ishga joylashish masalalariga kelishildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!