Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qurilish muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti professori bilan fakultet talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil qilindi

Qurilish muhandisligi fakulteti tashabbusi bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti professori bilan fakultet talabalari o’rtasida uchrashuv tashkil qilindi

Toshkent davlat transport universiteti “Qurilish muhandisligi” fakulteti tashabbusi bilan Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘zbekiston Respublikasi Geotexnika Assotsiatsiyasi prezidenti, t.f.d., professor Xasanov Asqar Zabiyevich va “Geofundamentproyekt” MCHJ direktor o‘rinbosari, t.f.n., dotsent Xasanov Zoxir Asqarovichlar tomonidan “Injenerlik geologiya, gruntlar mexanikasi” faniga oid yangi chop etilgan o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi o‘quv adabiyotlari hamda “Geotexnika hisoblarini yechish” masalalariga qaratilgan elektron dastur taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimotda ishtirok etgan “Qurilish muhandisligi” fakulteti professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanishdagi doktorantlar, magistratura va bakalavriat talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Toshkent davlat transport universiteti, Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti va “Geofundamentproyekt” MCHJ o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori S.S. Shaumarov va A.Z. Xasanovlar o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Geotexnika, qurilish muhandisligi, bino va transport inshootlari qurilishi sohasidagi aktual muammolarni yechishga qaratilgan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarish va ilm-fan integrasiyasini yo‘lga qo‘yishda bu hamkorlik kummulyativ ta’sirga ega bo‘lishi qayd etildi. Ilmiy-innovatsion tadqiqot yo‘nalishlarini uyg‘unlashtirish yuzasidan kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!