Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Qurilish muhandisligi fakulteti “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Zaminobod” mahallasiga tashrif buyurdi

Qurilish muhandisligi fakulteti “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan “Zaminobod” mahallasiga tashrif buyurdi

Joriy yilning 1-iyul kuni Qurilish muhandisligi fakulteti “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Qurilish muhandisligi fakulteti dekan oʻrinbosari F.l. Mamurova hamda fakultet talabalaridan iborat boʻlgan jamoa bilan birgalikda Mirobod tumanidagi “Zaminobod” mahallasiga tashrif buyurdi.Bu tashrifdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi bolalar kunini bolalar uchun unutilmas kunlardan biriga aylantirish maqsadida ularga fakultet jamoasi nomidan turli xildagi koʻngil ochar oʻyinlarni musobaqa tarzida oʻtkazildi va barcha bolajonlarga bayram sovgʻalari bilan taqdirlandi.Bolalik begʻuborlik deb bejizga aytishmagan chunki bugungi tinch va osoyishta yurtimizga shunday begʻubor bolalarning kulgusi yarashadi.Tadbir davomida bolalarning yuzlaridagi tabbasum va koʻzlaridagi quvonchini koʻrib bizning talabalarimiz ham oʻz yoshlik davrlarini yodga olishdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!