Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Radioelektron qurilmalar va tizimlar” va “Avtomatika va telemexanika” kafedralararo ilmiy seminar bo’lib o’tdi

Toshkent davlat transport universiteti Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi fakultetining “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” va “Avtomatika va telemexanika” kafedralararo ilmiy seminar bo’lib o’tdi

 

2021 yilning 17 dekabr sanasida “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” va “Avtomatika va telemexanika” kafedralarda bo‘lib o‘tgan ilmiy seminarda “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” mustaqil izlanuvchisi Arabboev Muxriddin Murodjon o‘g‘lining 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) olish uchun “Development of monitoring and prediction algorithm and device for intellectual analysis of human health on the basis of many parameters” (“Inson salomatligini ko‘p parametrlar asosida intellektual tahlil qiluvchi monitoring va bashoratlash algoritmi va qurilmasini ishlab chiqish”) mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi muhokamasi o‘tkazildi.

Kafedralararo ilmiy seminarda universitetning “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” va “Avtomatika va telemexanika” “Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedralarining professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Ilmiy seminarni “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” kafedrasi t.f.d. professor A.A. Xaliqov olib bordi.

Ilmiy seminar muhokamalarga boy tarzda o‘tdi. Professor-o‘qituvchilar, jumladan, “Radioelektron qurilmalar va tizimlar” kafedrasi mudiri N.V. Yaronova va shu kafedra dotsenti V.M. Zakirov, “Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedrasi professori T.R. Nurmuhamedov va shu kafedra katta o‘qituvchisi J.N. Gulyamov va boshqalar izlanuvchiga mavzu bo’yicha o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflari bilan murojaat qilishdi. Izlanuvchi M.M. Arabboev berilgan savollarga atroflicha javob berdi. Ushbu muhokamalardan so‘ng dissertatsiya ishiga taqrizchi sifatida tayinlangan “Transportda axborot tizimlari va texnologiyalari” kafedra mudiri M.M. Rasulmuxamedov so‘zga chiqib, dissertatsiya ishining dolzabligi, ilmiy yangiliklari va uning kamchiliklari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi. Izlanuvchi M.M. Arabboev taqrizchi M.M. Rasulmuxamedov ko‘rsatgan kamchiliklar yuzasidan savollarga javob berdi.

Dissertatsiya ishi ilmiy rahbari t.f.n., dotsent, Nosirov Xabibullo Xikmatullo o‘g‘li ilmiy seminar qatnashchilariga izlanuvchi hamda dissertatsiya ishi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berib, muhokamalarda  faol ishtiroklari uchun professor-oqituvchlarga o`z minnatdorchiligini bildirdi.

Ilmiy seminar muhokamasida professori T.R. Nurmuhamedov, S.S.Xaliqov, t.f.n. dotsent N.V. Yaronova, prof. A.A. Xalikovlar tadqiqot ishining dolzabligi, ilmiy yangiliklari va tadqiqodchining shaxsiy yutuqlari yuzasidan o‘z fikr va muloxazalarini bildirdilar va seminar qatnashchilaridan izlanuvchini qo‘llab-quvvatlashni taklif etdilar.

Kafedralararo ilmiy “Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti” mustaqil izlanuvchisi Arabboev Muxriddin Murodjon o‘g‘lining 05.04.02 – Radiotexnika, radionavigatsiya, radiolokatsiya va televidenie tizimlari va qurilmalari. Mobil, tola-optik aloqa tizimlari ixtisosligi bo‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) olish uchun “Development of monitoring and prediction algorithm and device for intellectual analysis of human health on the basis of many parameters” (“Inson salomatligini ko‘p parametrlar asosida intellektual tahlil qiluvchi monitoring va bashoratlash algoritmi va qurilmasini ishlab chiqish”) mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishini, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.13/30.12.2019.T.07.02 raqamli ilmiy kengash seminarida ochiq muhokama qilish uchun tavsiya etildi.

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!