Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan so’nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan so’nggi kunlarda yurtimizda koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holati kamayayotganligi yuzasidan qaror qabul qilindi.

Unga ko’ra, 2022 yil 7 fevraldan boshlab oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarida o’quv jarayoni an’anaviy shaklga o’tkaziladi.

Bunda, barcha ta’lim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Avia va temiryo’l chiptalari tarif qismidan 50 foiz miqdorida chegirmalarini saqlab qolinadi va 2022 yil 7 fevralga qadar avia va temiryo’l chiptalari bepul tarzda boshqa muddatga almashtirib beriladi. Hech bir talaba va o’quvchi chiptasiz qolmaydi.

Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlikda Maxsus shtab tashkil etilgan bo’lib, 3 fevraldan barcha tashkiliy masalalar yuzasidan quyidagi +998 71-230-64-64 Call-center va 10-06 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz mumkin.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!