Kecha Transport universiteti hamda Kazan federal universiteti hamkorligida magistratura “Korporativ boshqaruv” mutaxassisligi bo’yicha “1+1” qo’shma dasturi, bakalavriat ta’lim yo’nalishi “Iqtisodiyot (tarmoq va sohalar bo’yicha) “2+2” qo’shma dasturlarini ochish yuzasidan onlayn muloqot o’tkazildi.
Muloqotda Transport universiteti prorektori Baxodir Turayev, Xalqaro dasturlar fakulьteti dekani Wroblewski Slawomir Jan, Iqtisodiyot fakulьteti dekani Ma’sud Masharipov, Kazan federal universiteti Yelabuj instituti direktori Ye.Merzon va boshqa mas’ullar qatnashdi.
Muloqot davomida qo’shma dasturlari bo’yicha o’quv rejalar, namunaviy va ishchi dasturlarni tuzish, meyoriy xujjatlarni rasmiylashtirish, rejalashtirilgan kvota me’yorlari kabi masalalarga aniqlik kiritildi.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram