Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

ROSSIYA FEDERATSIYASINING TEMIR YOʻL TRANSPORTI OʻQUV-USLUBIY MARKAZI ELEKTRON KUTUBXONASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATI YARATILDI

ROSSIYA FEDERATSIYASINING TEMIR YOʻL TRANSPORTI OʻQUV-USLUBIY MARKAZI ELEKTRON KUTUBXONASIDAN FOYDALANISH IMKONIYATI YARATILDI

2021-yilning noyabr oyida o’tkazilgan Xalqaro transport forumi doirasida Toshkent davlat transport universiteti va Rossiya Federatsiyasining Temir yoʻl transporti oʻquv-uslubiy markazi oʻrtasida o’zaro kelishuv shartnomasi imzolangan edi.
Kelishuvlar yakunida imzolangan shartnomalar natijasida endilikda universitet professor-o’qituvchi va talaba yoshlari uchun Temir yoʻl transporti oʻquv-uslubiy markazining 1100 dan ziyod sohaga doir elektron adabiyotlarini o’zida jamlagan elektron kutubxonasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Bu elektron kutubxonaga https://umczdt.ru/books/ havolasi bo‘yicha universitetimiz lokal tarmog’i orqali to’g’ridan to’g’ri kirish imkoniyati mavjud.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!