Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

«Rossiya temir yo’llari» OAJ Transport universitetining salohiyatli bitiruvchilarini ishga taklif qildi

«Rossiya temir yo’llari» OAJ Transport universitetining salohiyatli bitiruvchilarini ishga taklif qildi

Kuni kecha, “Rossiya temir yo’llari” OAJning Kapital qurilish departamenti boshlig’i Svetlana Muravьeva va O’zbekiston respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Salohiyatli ish beruvchilarini izlash va XBA bilan hamkorlik boshqarmasi boshligi Alisher Ruziyev universitetga tashrif buyurdi.

Muloqotlar davomida “Rossiya temir yo’llari” OAJ vakili Svetlana Muravyeva Transport universitetining salohiyatli bitiruvchilarini Rossiya temir yo’l qurilishi ob’ektlariga ishga jalb etish istagi bilan tashrif buyurganligini bildirdi.

Shuningdek, 5340200 – Bino inshootlar qurilishi (temir yo’llari) va 5340600 – Transport inshootlari ekspluatatsiyasi (temir yo’llari) ta’lim yo’nalishlarida bilim olayotgan 2-3 kurs talabalarini yozgi ishlab chiqarish amaliyotini o’tash uchun “Rossiya temir yo’llari” OAJ tassarrufidagi qurilish tashkilotlariga taklif qildi.

– Toshkent davlat transport universiteti rahbariyatining yangicha fikr va ishonch bilan odimlayotganligi Rossiya transport oliy ta’limi muassasalarini hamkorlikning yangi jihatlariga e’tibor qaratishga undamoqda, – dedi “Rossiya temir yo’llari” OAJ vakili Svetlana Muravyeva. – Transport universitetining salohiyatli yoshlarini Rossiya temir yo’l qurilishida ish bilan ta’minlanishi xalqaro ta’lim integratsiyasining chuqurlashuviga xizmat qiladi.

Muzokaralar davomida temir yo’l qurilishi sohasidagi innovatsion texnologiyalarni joriy etish va ilmiy-tadqiqot ishlarini hamkorlikda olib borish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.