Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Salomatlik sari 5000 qadam” marafoni bo’lib o’tdi

“Salomatlik sari 5000 qadam” marafoni bo’lib o’tdi

Mirobod tumani hokimligi tashabbusi bilan 28-noyabr kuni “Salomatlik sari 5000 qadam” marafoni o’tkazildi. Unda 1000 dan ortiq ishtirikchi qatnashdi.

Ushbu marafonda Toshkent davlat transport universiteti Talabalar shaharchasida yashovchi 300 nafar o’g’il bola va 50 nafar talaba qizlar ishtirok etdi. Marafon yakunida 4a-ttjda yashovchi qizlar faol qatnashib faxrli 2-3 o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

Hokimlik tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur aksiyadan ko’zlangan asosiy maqsad aholi orasida ommaviy sportni keng rivojlantirish orqali sog’lom turmush tarzi targ’ib qilishdan iboratdir. 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram