Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Sankt-Peterburg: hamkorlikning yangi bosqichi

Sankt-Peterburg: hamkorlikning yangi bosqichi

Toshkent davlat transport universiteti delegatsiyasi Sankt-Peterburg shahrida bo’lib qaytdi.

Safar davomida Transport universiteti prorektorlari Baxodir Turayev va Abdulaziz Gulyamovlar Imperator Aleksandr I nomidagi Peterburg davlat yo’l aloqalari universiteti rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Peterburg universiteti birinchi prorektori Tamila Titova bilan ta’lim sohasida o’zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi. Xalqaro transport ta’limini rivojlantirish mexanizmlari va ustuvor vazifalari, hamkorlikda malakali kadrlar tayyorlashning muhim yo’nalishlari, ilm-fan sohasida o’zaro istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari tahlil qilindi. Muloqotlar davomida quyidagilar erishildi:

1. 2021/2022 o’quv yilidan ikki tomonlama diplom beruvchi 1+1 shaklidagi qo’shma ta’lim dasturiga muvofiq 7 ta mutaxassislik bo’yicha magistratura bosqichiga talabalarni qabul qilish;

2. Transport ta’limi rivojlanishining innovatsion yo’lini ta’minlash, sohada ilmiy tadqiqotlar natijalarining raqobatbardoshligini oshirish, ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlari yo’lida foydalanishni jadallashtirish maqsadida hamkorlikda Toshkent davlat transporti universiteti qoshidaTemir yo’l transportida ilmiy-tadbiq ekspert markazini tashkil etish;

3. Rossiya, Germaniya, Xitoy, Ispaniya, Yaponiya, Afrika davlatlari bilan hamkorlikda Tez yurar transport tizimlari yo’nalishi bo’yicha ko’p tarmoqli universitet ta’lim dasturini yaratishga kelishildi. Kelishuvga muvofiq 2021/2022 o’quv yilidan ko’p tarmoqli universitetga qabul qilingan bakalavr talabalari yagona ta’lim dasturi asosida 7ta davlatlar transport universitetlariga bir semestr uchun o’qishga yuboriladi. Ushbu dasturga muvofiq bitiruvchilar hamkor davlat universitetlarining diplomlariga ega bo’ladi.

Leave a Reply