Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Sankt-Peterburg: Transport universitetidan yuborilgan tadqiqotchilar bilan fikr almashildi

Sankt-Peterburg: Transport universitetidan yuborilgan tadqiqotchilar bilan fikr almashildi

Toshkent davlat transport universitetining xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori Baxodir Turayev va o’quv ishlari bo’yicha prorektori Abdulaziz Gulyamovlar ishchi tashrif bilan Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahrida bo’lib turibdi.

Tashrif doirasida Transport universiteti rahbariyati Peterburg davlat temir yo’l universitetida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Transport universitetining tadqiqotchilari bilan uchrashdi.

Ma’lumotlarga ko’ra, mazkur muassasada 21 nafar aspirant va 1 nafar doktorant ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Uchrashuvda xorijdagi Transport universiteti tadqiqotchilarining ilmiy izlanishlarini sifatli va samarali tashkil etishning kelgusi rejalari bo’yicha fikr almashildi. Bu boradagi ilmiy tadqiqotchilarning mulohazalari tinglandi. Ularni qiziqtirgan savollar yuzasidan atroflicha ma’lumot berib o’tildi.

Uchrashuv yakunida talabalar Rossiya Federatsiyasi qonunchiligi talablari, shuningdek, koronavirus pandemiyasi munosabati bilan joriy etilgan cheklovlarga qat’iy rioya etishga chaqirildi.

Leave a Reply