Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

SEMINAR TRENING BO’LIB O’TDI

SEMINAR TRENING BO’LIB O’TDI

2022-yil 14-yanvar kuni “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti professor-o‘qituvchilariga “Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari” mavzusida “Iqtisodiyot” fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta o‘qituvchisi Tuychiyev Anvarjon va “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti trenerlari tomonidan seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti dekani M.X.Rasulov, “Transport harakatini tashkil etish”, “Texnosfera xavfsizligi”, “Yuk transport tizimlari” kafedralari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Akademik, tashkiliy boshqaruv va moliyaviy mustaqillik imkoniyatlari, o‘quv jarayonini rejalashtirish, monitoring olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash, baholarni aniqlash va qayta o‘zlashtirish uchun to‘lov miqdorini belgilash, vakolatlarni o‘tkazish, kuzatuv kengashini tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha berilgan savollarga javob berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!