Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

SEMINAR-TRENING

Toshkent davlat transport universitetida kafedra professor-o’qituvchilari uchun xalqaro nufuzli platformalarda profillar yaratish bo’yicha maxsus seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazish jarayonlari shiddat bilan davom etmoqda.

Xususan, 03.11.2021 kuni “Tabiiy fanlar” hamda “Bino va inshootlar qurilishi” kafedralarining bir qator professor-o’qituvchilari uchun “Google Scholar elektron platformasida shaxsiy profil yaratish va undan to’liq foydalanish. Ilmiy ishlarga to’g’ri iqtiboslar olish va havolalarni qo’llash sirlari. Xirsh h-indeksi hamda uni oshirish yo’llari. Impakt faktor va uning ilmiy ahamiyati” mavzusida maxsus ishchi guruh a’zolari (Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi xodimlari Sh.Sh. Yaxshiyev va S.G’. Oripov) tomonidan galdagi seminar-trening mashg’ulotlari o’tkazildi hamda professor-o’qituvchilarning o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram