Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Shahzod Yaxshiyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandisi, 3-kurs talabasi

Shahzod Yaxshiyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandisi, 3-kurs talabasi:

Universitet rektori Odil Qalandorovichga samimiy maktub…

Turli voqea-hodisalarga boy o’quv yili yakuniga yetib bormoqda. Universitetimiz ilg’or yoshlari, ilmga intilayotgan talabalar katta e’tibordan mamnun. Eng muhimi ilmiy rahbarlarimizga ko’rsatilayotgan ehtirom barchamizga kayfiyat ulashmoqda.

Yangilanayotgan dunyoda turli-tuman sohalarning ilm-fan bilan bog’liqligi yangi bosqichga chiqdi. Dunyoda yangi fanlar paydo bo’ldi. Ular transport sohasiga ham kirib kela boshladi.

Yoshlar o’rtasida eng yaxshi innovatsion ishlanmalar va startap loyihalar tanlovi zamonaviy dunyoda yashash va ishlashga tashlangan navbatdagi qadamdir. Biz talabalarning kelajagi uchun kerakli bo’lgan barcha imkoniyatlarni taqdim etayotgan universitetimiz o’qituvchilaridan mamnunmiz.

Kelgusida ham talabalar, tadqiqotchilar, umuman, ilmga chanqoq iqtidorli yoshlarning innovatsiya, startap, texnologiya, dasturlash bo’yicha bilimini oshirish, shuningdek, loyihalar ishlab chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan universitetimiz rahbarining g’oyalarini qo’llab-quvvatlashga tayyormiz.

Universitetimizda startap loyihalarni rivojlantirish va bu orqali jahon ta’lim hamda startap bozorlaridagi nufuzini oshirishga qaratilgan dasturlarni amalga oshirishdan aslo charchamang.

Hurmatli Odil Qalandarovich,

Hayotbaxsh tadbirlar va keng ko’lamli ishlar, ayniqsa, yosh, malakali mutaxassislar tayyorlash yo’lidagi sa’y-harakatlaringiz uchun minnatdorchilik bildiraman.

Sizdan Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi muhandisi sifatida yana bir murojaatimni ko’rib chiqishingizni istardim.

Startap loyihalarni qo’llab-quvvatlash jarayonida ularni boshlang’ich bosqichda moliyalashtirish muhim hisoblanadi. Yurtimiz oliy ta’lim muassasalari orasida birinchilardan bo’lib, universitetimiz tomonidan kichik grant mablag’lar yo’naltirish va talabalarning loyihalari barqarorligini ta’minlashga ko’mak berishingizni so’rayman. Ishonchim komilki, kelgusida turli qiziqarli loyihalarning ko’lami yana ham kengayib boraveradi.

Leave a Reply