Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Shotlandiya va O‘zbekiston universitetlari mashinasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

Shotlandiya va O‘zbekiston universitetlari mashinasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohasida hamkorlik qiladi

O‘zbekistonning Londondagi elchixonasi Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati va Shotlandiyaning Stratklayd universiteti (University of Strathclyde, UoS) o‘rtasida onlayn-muzokaralar tashkil qildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uchrashuvda Toshkent davlat transport universiteti prorektori Bahodir To‘rayev o‘zining shotlandiyalik hamkasbi Atilla Insedjik bilan ikki universitet o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish imkoniyatlarini muhokama qildi.

Tomonlar o‘zlarining ilmiy faoliyati, o‘qitishning ustuvor yo‘nalishlari hamda xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan amalga oshirilayotgan qo‘shma ta’lim loyihalari haqida ma’lumot almashdi.

Bakalavriat, magistratura va doktorantura darajalarida mashinasozlik va fuqaro aviatsiyasi sohasida qo‘shma o‘quv-akademik dasturlarning bajarilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Oliy o‘quv yurtlari vakillari uiniversitetlar o‘rtasidagi «ikki tomonlama» diplom berish  dasturini amalga oshirish maqsadida yaqin vaqt ichida o‘z o‘quv dasturlari haqida to‘liq ma’lumot almashishga kelishib oldi.

1796 yilda tashkil etilgan Stratklayd universiteti Shotlandiyaning yetakchi texnologik oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2020 yilda Shotlandiyada “Yil universiteti”, deb e’lon qilingan. Universitet jahon reytingida ham yetakchi o‘rinda qayd etilgan. Stratklayd ilmiy tadqiqotlarining natijalari sanoatning turli jabhalarida, jumladan, Buyuk Britaniya va  jahondagi taniqli «Rolls-Royce», «Airbus», «Boeing» kopaniyalari tomonidan qo‘llanilmoqda.

Manba: Dunyo.info.uz

Leave a Reply