Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Shu kunlarda Turkiya Respublikasi Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O’zvar (Erol Özvar) boshchiligida kengash a’zolari va nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya O’zbekistonda bo’lib turibdi.

Ayni vaqtlarda delegatsiya bilan ilk uchrashuv ikki mamlakatning nufuzli oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda taniqli va yuqori ilmiy salohiyatga ega akademik va professor-o’qituvchilar o’rtasida davra suhbati bilan boshlandi.

Tadbirni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov kirish so’zi bilan ochib berdi.

Shuningdek, tadbirda Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O’zvar va Turkiyaning O’zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Olgan Bekar o’z nutqlari bilan ishtirok etishmoqda.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!