Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan TRIGGER loyihasining navbatdagi yig‘ilishi 2022 yil 2 mart kuni boshlandi

Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan TRIGGER loyihasining navbatdagi yig‘ilishi 2022 yil 2 mart kuni boshlandi

 
Ayni vaqtda Slovakiya Respublikasining Koshitse shahrida Yevropa Ittifoqining ERASMUS + dasturi doirasida “TRIGGER – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash uchun qulay muhit yaratish orqali universitet talabalari o‘rtasida innovatsion yondashuvlar, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish” xalqaro loyihasining 3-yig‘ilishi o‘tkazilmoqda. Mazkur yig‘ilishda Slovakiyaning Koshitse Texnika universiteti, Avstriyaning BFI Vena Amaliy fanlar universiteti, Fransiyaning Cot-dAzur universiteti, Gretsiyaning Pirey shahrida joylashgan IDEC S.A. kompaniyasi, Tojikistondan Kulob Davlat universiteti, Khorog davlat universiteti, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Dushanbe filiali, Dangara davlat universiteti, Qozog‘istondan L.N.Gumilyov nomidagi Evroosiyo milliy universiteti, H.Dosmuhamedov nomidagi Atirau universiteti, S.Toraygirov nomidagi Povlodor davlat universiteti, O‘zbekistondan Jizzax politexnika instituti, Termiz davlat universiteti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti shuningdek, Toshkent davlat transport universiteti vakillari qatnashmoqdalar.

Uchrashuvda TRIGGER loyihasi a’zolari Toshkent davlat transport universiteti “Elektrotexnika va kompyuter muhandisligi” fakulteti dekani Y.Ruzmetov va “Lokomotivlar va lokomotiv xo‘jaligi” kafedrasi assistenti A.Yunusovlar ishtirok etmoqdalar.
Uchrashuvning ilk ikki kuni loyiha natijalari va kelgusi ishlarni rejalashtirishga bag‘ishlangan bo‘lsa, uchinchi kun Koshitse Texnika universiteti fakultetlari bilan tanishuv va universitet rahbariyati bilan uchrashuvlar rejalashtirilgan.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!