OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Sloveniya Primorska universitetida stajirovka bo’yicha dastlabki hisobot

Sloveniya Primorska universitetida stajirovka bo’yicha dastlabki hisobot

Evropa ittifoqining Erasmus+ dasturi bo‘yicha “ELBA-Establishment of training and research centers and development on Intelligent BigData Analysis in CA” mavzusidagi granti bo‘yicha navbatdagi seminarda ishtirok etish uchun universitet Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti dekani B.Ibragimov, fakultet dispetcheri Sh.Pirnayev, Texnologik mashinalar muhandisligi kafedrasi mudiri T.Xankelov va katta o‘qituvchisi S.Komilovlar Sloveniyaning Primorska universitetida bo‘lib turibdi.

Seminarning dastlabki kunlarida Primorska universitetining “Matematika, tabiiy fanlar va information texnologiyalar” fakultetida bo‘lib, loyiha menejeri Branko Kavsek bilan uchrashuv o‘tkazildi va loyihada universitetga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha suhbatlashildi.

Erasmus+ granti bo‘yicha tashkil etilgan seminar doirasida Big Data analysis dasturlarini o‘zlashtirish uchun darslar rejalashtirilgan. Tashrifning keying kunlarida dars jarayonida ishtirok etish va Primorska universitetining “Halqaro aloqalar bo‘limi” bilan uchrashuvlar o‘tkazish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish rejalashtirilgan.

Safar davom etmoqda

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!