“Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida sog‘lomlashtirish tadbiri bo‘lib o‘tdi
Mazkur tadbirda qurilish muhandisligi fakulteti dekani o’rinbosari F.I.Mamurova, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Sport tadbirdagi ishtirokchilar universitet sport stadionida 5000 qadam masofani bosib o‘tib, badantarbiya mashqlarini zo‘r ishtiyoq bilan bajarishdi. “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam”, “Sog‘ tanda – sog‘lom aql”, deb bekorga aytilmagan. Inson sog‘-salomat bo‘lsa xotirjam fikr yuritib, zimmasidagi vazifani sitqidildan bajaradi, belgilagan rejalarini to‘liq amalga oshiradi. Ulkan marra, muvaffaqiyatlarga erishadi.
Shohsanam Maxamadjanova