OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Sog’lom tanda sog’lom aql

Sog’lom tanda sog’lom aql

Insonlarning hayot tarzi, ularning sanitariyaga doir bilimdonligi, bu bilimlarni kundalik turmushda qo’llay olishlari va unga qat’iyan rioya qilishlari, o’z organizmlari va badanlariga bo’lgan ongli munosabatlari, o’z salomatliklariga bo’lgan munosabatlari sog’liqni saqlashdagi eng muhim sharoitlar hisoblanadi. Ana shu elementlar salomatlikni, jismoniy va ruhiy faollikni, uzoq umr ko’rish, umrni uzaytiruvchi omillar hisoblanadi.
Mamlakattimizda sportni rivojlantirish maqsadida Farmon va qarorlar ishlab chiqilgan, jumladan, O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish stol tennisi, karate, chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-6099-sonli Farmoni asosida ham jismoniy tarbiya va sport ishlarini rivojlantirishga, shu bilan birga, sog’lom avlodni shakllantirishga uchun universiteda katta zamin yaratilgan.
Universitetda tennis kordi, katta va kichik futbol maydonlari, sport zal, trenajer, sheyping, kurash zallari, bassein, voleybol va basketbol maydonlari, shaxmat-shashka xonalari yangi tamirlash ishlaridan chiqarildi.sportni qo’llab-quvvatlash maqsadida talabalar turar joylarida “Kafedra” kunlari doirasida bir oyda bir marotaba sport musobaqalari, haftaning har shanba kunlari sport tadbirlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining 2-tashabbusini bajarishga yo’naltirilgan sport tadbirlari, har bir bayram munosabati bilan talabalar va xodimlar uchun sport musobaqalari o’tkaziladi.
Shuningdek tasdiqlangan jadval asosida sportning dzyudo, kurash, trenajer, sheyping-LFK, futbol, mini futbol, karate, shaxmat – shashka, voleybol, basketbol bo’yicha sportsektsiyalari o’z faoliyatini olib bormoqda.
Universitetga biriktirilgan Mirobod tumanidan 125, 154, 213, 214, 218-sonli, Piskent tumanidan 35, 38, 40-sonli hamda Yashnobod tumanidan 231-sonli umumta’lim maktablari o’quvchilari o’rtasida sportning shaxmat-shashka, futbol, stol tennisi turi bo’yicha musobaqa tashkil etildi.
Sog’lom turmush tarzi, bu — xar qanday kasalliklar profilaktikasi va salomatlik, kuch-quvvat garovidir. U insonning turli qirralarini rivojlantirish, muvaffaqiyatga erishish garovidir. Sog’lom turmush tarzi qoidalariga rioya etgan odam oilasi, mehnat jamoasi, umuman, jamiyatda o’z o’rniga ega bo’ladi, turli murakkab vaziyatlarni yengib o’tish, xayot qiyinchiliklari oldida o’zini yo’qotmaslikka o’rganadi. Shuning uchun universitetda sportga katta e’tibor beriladi.

To’garaklar jadvali

 

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram