Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” mavzusida online suxbat o’ztkazildi

“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” mavzusida online suxbat o’ztkazildi

Sog‘lom turmush tarziga rioya etish ko‘plab muammolarning oldini olish demakdir. Bugun ushbu mavzuga juda ko‘p duch kelayapmiz. Bir qaraganda qiyin ko‘rinuvchi, anchagina kuch, sabr va iroda, vaqt va sharoit talab etuvchi sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari nimalardan iborat?. Qanday qilib yuqumli kasalliklardan himoyalanish mumkin?.

“Sog‘lom turmush madaniyati oyligi” doirasida “Shaxsiy gigiena bu- salomatlik formulasidir!” mavzusida joriy yilning 22 yanvar kuni Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Shahar yo‘llari va ko‘chalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Mirobod tumani bo‘limi vrach-epidemiologi Raximova Sh. S. ishtirok etib, sog‘lom turmush tarziga rioya etish, jumladan, XXI asr vabosi nomiga da’vogarlik qilayotgan “Covid-2019” virusi va undan saqlanish choralari, bunda vaksina olishning ahamiyati xususida ma’lumotlar bildirdi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!