OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Sog’lom turmush tarafdorimiz

Sog’lom turmush tarafdorimiz

Universitetgda sog’lom muhitni yaratish va unga targ’ib qilish maqsadida psixolog xonasi tashkil etilgaan. U yerga muntazam ravishda talaba va xodimlar individual konsulьtatsiyaga murojaat qilib kelmoqdalar. Har bir murojaat etuvchi bilan muammosiga qarab
1 martadan 3 oygacha bo’lgan vaqt oralig’ida konsultatsiyalar olib borildi.
Psixologik konsulьtatsiyalar davomida suitsidal o’ylar, o’ziga bo’lgan ishonchning pastligi, o’ziga bo’lgan bahoning xaddan ziyod yuqoriligi, komplekslar, frustratsiya xolati, shaxsniing ananakastik buzilishi, apatiya, nevroz, agressivlik, xotira buzilishi, depressiya, ishonchsizlik, xavotirlanuvchanlik xolati, ipoxondrik o’zgaruvchanlik, qo’rquvlar, irodaviy sifatlarining pasayishi, diqqat tarqoqligi, yaqin qarindoshi yo’qotilgandan paydo bo’luvchi depressiv xolat, 1 kursga dezadaptatsiya xolati, fobiya muammolar diagnostika etiladi.
Talaba xaqida chuqurroq ijtimoiy-psixologik ma’lumot olish uchun va talabada uchraydigan psixologik muammolarni oldini olish hamda korrektsiya qilish uchun “Talabalarning individual psixologik pasporti va psixologik taraqqiyot xaritasi” ishlab chiqildi. “Talabalarning individual psixologik pasporti va psixologik taraqqiyot xaritasi” orqali talabaning o’quv jarayoniga bo’lgan munosabati, dunyoqarashi xaqida to’liq ma’lumoti, ijtimoiy moslashuvi tengdoshlari bilan o’zaro munosabati, o’qituvchilar bilan o’zaro munosabati, muloqotchanligi xaqida ma’lumotlar olinadi. Shuningdek, shaxsning ajralib turadigan xarakter xususiyatlari, o’ziga beradigan bahosi, xavotirlanuvchanligi, agressivlik darajasi, irodaviy xususiyatlari, diqqat va psixologik xususiyatlari, talabalarning qiziqishlari, ya’ni: xobbisi, qanday sport turi bilan shug’ullanishi, qanday san’at turiga qiziqishi, erishgan yutuqlari, bo’sh vaqtdan unumli foydalanish xaqida ma’lumot olindi.
“Shaxs kamoloti va intellektual taraqqiyoti bo’sag’asida vujudga kelishi mumkin bo’lgan psixologik nuqsonlar va buzilishlarni o’z vaqtida oldini olish” bo’yicha treninglar tashkil etiladi. Treninglar quyidagi mavzularni o’z ichiga oldi: “O’zlikni anglash”, “Smart bo’yicha maqsad qo’yish”, “Stressni bartaraf etish”, “O’ziga bo’lgan ishonchni rivojlantirish”. O’tkazilgan trening mashg’ulotlari orqali talaba va xodimlar, kelayotgan axborotni ishonchlilik darajasini aniqlashni, xar qanday ishni boshlashdan avval mazmun moxiyatini anglab yetish kerak ekanligini, mantiqiy fikrlashni, quvnoq kayfiyat inson xayotiga ijobiy ta’sir berishini bilib oladi. Noyabrь oyidan mart oyigacha davom etgan trening talabalarning xarakter xususiyatlarini bilib olishga, xarakter sifatlarini aniqlab, tahlil qilishga qaratildi. Trening davomida talabalar o’z ijobiy va salbiy sifatlarini yozib, taxlil qilinadi. Ushbu taxlil orqali talabalar ijobiy va salbiy sifatlar yo’q ekanligini xar bir sifatda me’yor kerakligini aniqlanadi. Trening davomida ko’plab psixologik mashqlar o’tkaziladi. Ulardan:“Negativni pozitivga aylantir mashqi”, “Yo’riqnomaga rioya etasizmi mashqi”, “Millatlar salomi”, “Kapitan”, “Talaba xayotidan bir kun” nomli va x k mashqlar talabalarda alohida qiziqish uyg’otadi.

Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan davra suxbatlari, seminar, treninglar, o’tkaziladi. Davra suxbatlari talabalarning irodaviy sifatlarini rivojlantirish, pandemiya davridagi stress xolatlarda o’zini boshqara olish, shaxsning umumiy yo’nalganligi, kasbiy ustanovkalari, tasavvurlari, imkoniyatlari mutanosibligi, maqsad qo’yish, dangasalikni oldini olish, stressni, depressiya xolatlarini oldini olish bo’yicha tadbirlar o’tkaziladi.
Xotin-qizlar masalalari bo’yicha rektor maslaxatchisi va psixolog
“Xotin –qizlarni tazyiqlar va zo’ravonlikni barcha shakillaridan himoya qilish” , “Sharqona ayollarning fazilatlari”, “Oilada ayol baxti”, “Odob-axloq, tartib intizom” hamda “Talaba qizlar va ruxiy tarbiya”, “Milliy qadriyatlarni qadrlash o’zlikni anglash, insonda irodani shakillantirish” va mustaxkamlash mavzularida seminar treninglar tashkil etildi.
Talaba-qizlar bilan turli mavzularda psixologik konsulьtatsiyalar olib boriladi. Talaba-qizlar asosan oilaviy kelishmovchiliklar, er-xotin munosabatlari, turmush qurishda paydo bo’ladigan muammolar, ijtimoiy munosabatlar, talaba-kelinlarda uchraydigan psixologik muammolar yuzasidan murojaat qilib kelmoqda. Konsulьtatsiyalar individual anonim tarzda olib borilib, “talabalar bilan individual ishlarni xisobga olish jurnaliga” qayd etib boriladi.
Konsulьtatsiya jarayonida talaba-qizlarda uchraydigan muammolarni bartaraf etish yo’llarini, ularni oldini olishni, uchraydigan muammolarga ob’ektiv qaray olishni xamda ularga to’g’ri baxolay olishni shakllantiradi. Individual konsulьtatsiyalar orqali psixolog talaba-qizlarga oila psixologiyasiga oid muxim bilimlar berib, ular asosida tegishli malakalar, ko’nikmalarni shakllantirib, oilaviy xayotga tayyorlovchi bilimlar bermoqda. Ya’ni: oilali shaxsning shakllanishidagi roli xaqida tasavvur berish, oilaviy xayotda bo’ladigan muammolar, qonuniyatlar xaqida ilmiy tasavvurlar bilan tarbiyalash, oilaviy xayotda yuzaga keladigan muammolarga konstruktiv tus berishga, destruktiv yo’nalishlardan saqlanishga, talaba qizlarda muammoli vaziyatlardan psixologik jixatdan oqilona chiqish malakalarini o’rgatish, ajrimlarni oldini olish va x.k. Shuningdek, murojaat qilgan farzandli talabalarga farzand bilan yuzaga keluvchi muamolarni bartaraf etish uni oldini olish yo’llarini konsulьtatsiya jarayonida bilib oldilar.
Universitetga biriktirilgan mahallalarda “Tinch oilada-baxtli bolalarmiz”, “Xavotir va qo’rquvni yengish” kabi mavzularda treninglar tashkil etilib kelinmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram