Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Stol tennisi bo’yicha avtomobilchi talabalar hamda mahalla yoshlari o’rtasida musobaqa tashkil etildi

Stol tennisi bo’yicha avtomobilchi talabalar hamda mahalla yoshlari o’rtasida musobaqa tashkil etildi

Toshkent davlat transport universiteti, O’zbekiston stol tennisi federatsiyasi hamda O’zbekiston Milliy paraolimpiya qo’mitasi tomonidan yurtimizda Olimpiya o’yinlari turkumidan joy olgan sport turlarini, jumladan stol tennisini yanada ommalashtirish, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakillantirish, Transport universitetiga biriktirilgan mahalla bolalarini mazkur sport turiga keng jalb etish maqsadida stol tennisi bo’yicha musobaqa o’tkazildi.

– Transport universitetida qator sport turlariga yuksak e’tibor qaratilayotganligini quvonarli hol. Ayniqsa stol tennisi sportini ommalashayotganligidan mamnunman, – deydi O’zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova. – Bu e’tibor samarasida universitet talabalari o’zlari xush ko’rgan sport turlari bo’yicha musobaqalarda ishtirok etish imkoniyati yaratilmoqda. Stol tennisi bo’yicha tashkil etilgan musobaqa ko’tarinki kayfiyatda o’tayotganligi, talabalar va mahalla yoshlari birgalikda shug’ullanish va o’zaro raqobatlashish imkoniyati yaratilganligi sport tadbiri saviyasini ko’tardi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlarimizni sportga bo’lgan muhabbatlarini yanada oshirishi shubhasiz.

Universitet va Istiqlolobod mahalla yoshlari o’rtasida o’tgan musobaqa qizg’in va murosasiz o’tdi. G’oliblar munosib taqdirlandilar. Mazkur sport tadbirida yoshlarga yurtimizning iqtidorli stol tennischilari tomonidan mahorat saboqlari o’tkazildi.