Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida e’lon qilinadi

Super kontrakt narxlari shu hafta oxirida e’lon qilinadi

 

Bu haqda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig’i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi.

O’qishga kirolmagan abituriyentlar super kontrakt narxlarini bilish uchun ayni vaqtda oliy ta’lim muassasasiga borishlari shart emas.

Chunki birinchi navbatda talabalikka tavsiya etilganlar, keyin o’qishni ko’chirish bo’yicha o’tish balli va undan yuqorisini olgan toifadagi talabalar bilan ishlanadi.

O’qishini ko’chirgan talabalar masalasi to’liq yakunlangandan keyin tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt (super kontrakt) asosida o’qimoqchi bo’lganlar o’zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishlari mumkin.

O’qishni ko’chirishda yetarli ball to’play olmaganlar toifasi bilan ishlash esa 15 sentyabrdan keyin boshlanadi, deya ma’lum qildi Abduvali Xoliqov.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram