OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Tabiatni asraylik!

Tabiatni asraylik!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 21.04.2017 yildagi PF-5024-son “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi Farmoniga muvofiq, chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish sohasida qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazorati o’rnatilishi lozim. Shu jihatdan mazkur masalani hal etish O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi markaziy apparati tarkibida, chiqindilarning hosil bo’lishi, to’planishi, saqlanishi, tashilishi, qayta ishlanishi, ko’milishi va bu barcha ishlarning amalga oshirilishini nazorat qilish inspektsiyaning muhim vazifalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi PF-841-son “2030 yilgacha bo’lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi Milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonida (11.6-vazifa quyidagicha shakllantirilgan: 2030 yilgacha shahar ekologiyasining aholiga salbiy ta’sirini kamaytirish, bunda qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish va ko’mishga alohida e’tibor qaratish), O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 – 2028 yillar davrida “O’zbekiston Respublikasi qattiq maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 2019 yil 17 apreldagi PQ-4291-son Qarorida va mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy hujjatlarda belgilangan ko’zda tutilgan vazifalarni bajarilishini ta’minlash maqsadida universitetimizda ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram