OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Tajriba va ta’lim

Tajriba va ta’lim

Ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning natijadorligini baholash va tahliliy qilish, tadbir doirasida shartnoma, memorandum va kelishuvlar imzolash, tadbirda ishtirok etgan boshqa mutaxassis va olimlarning tajribalarini o’rganish, ta’lim sohasini zamon talablariga moslashtirish, soha faoliyatini tubdan isloh etish masalalariga jiddiy e’tibor qaratilayotganligi bois, universitetda boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotini tuzishga doir konferentsiya tashkil etldi. Jamoa a’zolarining birlashtirib turadigan tashkilot kasaba uyushma qo’mitasini tashkil etilish, ishchi-xodimlar, professor-o’qituvchilarning qonunchilik talablari asosida mehnat qilishi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish yo’nalishidagi ishlarni amalga oshirish, a’zolarni har taraflama qo’llab-quvvatlanishi, ish beruvchiga ham bir qancha qulayliklar keltirishi muassasadagi mehnat unumdorligining yuksalishiga xizmat qilishi borasidapgi masalalarni inobatga olgan holda konferentsiya xulosasiga ko’ra universitet kasaba uyushmasi tashkil etildi. Bundan tashqari, 14-15 iyun kunlari Farg’ona davlat universitetida “Gender tenglikka erishish strategiyasini hayotga tadbiq etishda xotin-qizlarning roli” mavzusida Respublika seminar-treningi bo’lib o’tdi.

Unda universitet Xotin-qizlar masalalari bo’yicha kengash raisi Ya.T. Xakimova ham ishtirok etdi. Mazkur seminar Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, O’zbekiston Respublikasi gender tenglik komissiyasi, “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etildi.Unda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi T.K.Narbayeva, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri A.H.Toshqulov ham so’zga chiqdi.Tadbir davomida “Gender tenglikka erishish strategiyasi–mazmun-mohiyati”, “Mahalla va oilada gender tenglikni ta’minlashning ma’naviy-axloqiy asoslari”, “Hadislarda ayollarga hurmatli munosabatning ifodalanishi”, “Oila-turmush doirasida jinoyatlarning sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlar” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram