Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Taksi haydovchilari oʻzini oʻzi band qiluvchilar roʻyxatiga qoʻshiladi

Taksi haydovchilari oʻzini oʻzi band qiluvchilar roʻyxatiga qoʻshiladi

1-sentabrdan e’tiboran jismoniy shaxslar o‘zini o‘zi band qilgan kirakash sifatida ro‘yxatdan o‘tib, yengil avtomobilda qonuniy ravishda yo‘lovchi tashishi mumkin bo‘ladi.

2022-yil 1-sentabrdan 2024-yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi.
Bu haqdagi prezident qaroriga asosan, 4 tadan ko‘p bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega transportlarda yo‘lovchi tashish o‘zini o‘zi band qilish deb qaraladi va bu faoliyat litsenziya varaqasi asosida amalga oshiriladi.
Bundan tashqari:
litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!