Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talaba qizlar oʼrtasida “Muhandislar bahori” koʼrik tanlovi o’tkazildi

Talaba qizlar oʼrtasida “Muhandislar bahori” koʼrik tanlovi o’tkazildi

Joriy yilning 1-mart kuni Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakultetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuniga bagʼishlab talaba qizlar oʼrtasida “Muhandislar bahori” koʼrik tanlovi o’tkazildi.

Talaba qizlar 3 ta shart bo’yicha bellashdilar va hakamlar hay’ati tomonidan maxsus nominatsiyalarni qo’lga kiritdilar.

Universitet bosqichi uchun
“Transport malikasi” ko’rik tanloviga 2-bosqich YMAQ guruhi talabasi Ruziyeva Gulibahrom Alisherovnaga yo’llanma berildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!