Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talaba yotoqxonada harkatlanuvchi poyezd maketini yaratdi

Talaba yotoqxonada harkatlanuvchi poyezd maketini yaratdi

Talabalar shaharchasi direktori J. Xidirov 29.11.2021 yil sanasi kuni 8-TTJ yashovchi talabalarning yashash sharoitini o’rgandi. Suhbat davomida 28-noyabr kuni Sergeli tumanida tikuv fabirikasi yotoqxonasida sodir bo’lgan yong’in haqida ham to’xtalib o’tdi.

Hozir qish kunlari yaqinlashib issiqlikka talab kundan kun ortyapti. Shu bois xonalarning isitish holatini birma-bir o’rganib, xonalarda isitish bilan muammo bo’lsa TTJ navbatchisiga xabar berish kerakligi tushuntirildi.

Shuningdek, talabalar bo’sh vaqtida nimalar bilan mashg’ulligi o’rganildi. 321-xonada yashovchi talaba Jamoliddinov Muhriddin tomonidan yaratilgan harakatlana oladigan Afrosiyob poyezdining maketi ko’zdan kechirildi. Yotoqxona shunchaki uxlash uchun joy emasligi, unda buyuk ixtirolar, yangiliklar yaralishi mumkinligi yana bir bor o’z isbotini topdi. Suhbat so’nggida talabalarning talab va takliflari o’rganildi, til kurslari ochishga kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram