Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalar “Adamant savdo plyus” MCHJ bilan tanishtirildi

Talabalar “Adamant savdo plyus” MCHJ bilan tanishtirildi

“Iqtisodiyot” fakulteti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi o‘qituvchisi D.N.Rashidov tashabbusi bilan 2021-yil 17-dekabr kuni “Avtomobil transporti muhandisligi” fakultetining 250-18, 257-18 va 258-18 guruhlari talabalari uchun “Adamant savdo plyus” MCHJ ga “Soha iqtisodiyoti va menejment” fanidan semestr davomida o‘tilgan mavzularni amaliyotda ko‘rsatish hamda ishlab chiqarish jarayonlari bilan bevosita tanishishlari uchun ekskursiya uyushtirildi.

Ushbu tadbir davomida talabalar ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishtirildi.Tadbir so‘nggida qizg‘in savol-javoblarga boy o‘tgan davra suhbati uyushtirildi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!