Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

TALABALAR ALLEGRO DEVELOP PROJECTGA ISHGA TAKLIF QILINDI

19-noyabr kuni “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi tashabbusi bilan universitetimizda “Allegro Develop Project” LLC loyiha tashkiloti texnik direktori Shuxrat Mirxоdjayev bilan bitiruvchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tdi. Muloqot davomida Shuxrat Amanullayevich “Allegro Develop Project” LLC ning tashkiliy tuzilishi, korxonada loyihalashtirilayotgan ko‘priklar va yo‘lo‘tkazgichlar haqida ma‘lumot berib o‘tdi. Xususan, Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik Halqa Yo‘li kesishmasidagi Yakkasaroy va Sergeli tumanlarini bog‘lovchi monolit uslubidagi yo‘lo‘tkazgich va ko‘priklarni loyihalash va qurish jarayoni, Prezidentga taqdimoti o‘tkazilgan yangi obyektlar – loyihalari haqida ma‘lumot berib o‘tdi.
Muloqotda faol qatnashgan talabalar “Allegro Develop Project” LLC da amaliyot o‘tash taklifini oldi va keyinchalik ishga qabul qilinishi mumkinligi aytildi.Faol ishtirok etgan talaba – Rustam Zoirov mehmon tomonidan sovg‘a bilan taqdirlandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram