Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalar bilan uchrashuv

Talabalar bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-fevral kuni Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Babayev fakultetning 2 bosqich YMTY-1, YMTY-1р, YMTY-5, YMTY-9, KQ-1,2 guruh talabalari bilan uchrashuv o’tkazdi. Uchrashuv davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga yetarlicha ma’lumotlar berildi. Sohaga oid to’garaklarni yuritish, HEMIS tizimi, Universitet odob axloq qoidalari, ichki mehnat intizomi, universitetda va undan tashqarida talabalarning tutgan o’rni haqida tushuntirish berildi. Universitetda talabalar tomonidan amalga oshiriladigan ishlar, dars mashg’ulotlarida talabalar va o’qituvchilar o’rtasidagi munosabatlar, oldindagi vazifalar bo’yicha, qilinadigan ishlar yuzasidan fikrlar almashildi. Bunday uchrashuvlarni har shanba kuni talabalar bilan o’tkazish maqsadga muvofiqligi ta’kidlandi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!