Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalar oʻrtasida intellektual olimpiada tashkil etiladi

Talabalar oʻrtasida intellektual olimpiada tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadani tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

Quyidagilar:

➖ oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida intellektual olimpiadaga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi;

➖ oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida intellektual olimpiadani oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlanadi.

Tashkiliy qoʻmita:

➖ intellektual olimpiadaga taʼlim yoʻnalishi, sohasi, mutaxassisligidan qatʼi nazar, respublikadagi barcha oliy taʼlim muassasalari talabalarini jalb etish choralarini koʻradi;

➖ umumjamoa hisobida birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni egallagan oliy taʼlim muassasalarini ragʻbatlantirish, shu jumladan Oʻzbekiston prezidenti sovgʻasi topshirilishini taʼminlaydi;

➖ intellektual olimpiadaning gʻolib va sovrindorlarini oʻz mutaxassisligi boʻyicha kadrlar zaxirasiga kiritish uchun Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga taqdim etib boradi;

Belgilanishicha, intellektual olimpiadani oʻtkazish bilan bogʻliq:

➖ jamoalarning yashash va transport xarajatlari ushbu jamoa aʼzolari taʼlim olayotgan oliy taʼlim muassasalarining byudjetdan tashqari jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan;

➖ gʻolib va sovrindor boʻlgan jamoalarni ragʻbatlantirish xarajatlari Oʻzbekiston prezidentining “Zakovat” intellektual oʻyinini aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual oʻyinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan Yoshlar ishlari agentligi orqali Davlat byudjetidan “Zakovat” intellektual klubi” nodavlat notijorat tashkilotiga ajratiladigan mablagʻlar hisobidan qoplanadi

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!