Toshkent davlat transport universiteti o’ziga xos tanlov e’lon qiladi. Tanlovda arxitektura, landshaft dizayni, bino va inshootlar qurilishi, muhandislik tarmoqlarini loyihalash sohalariga qiziqqan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etmoqchi bo’lgan talabalar: 2022-yil 10-fevralgacha qurilish muhandisligi fakulteti @QURILISHTDTU_bot manziliga o’zi to’g’risidagi obyektivka – ma’lumotnomani elektron jo’natish kerak bo’ladi.
Tanlov g’oliblari belgilangan tartibda taqdirlanadi. Loyihalash ishlariga qiziqadigan talabalar-BILIMINGIZNI SINAB KO’RING!