Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalar “O’z shahar qurilish invest”da stajirovka o’tashdi

Talabalar “O’z shahar qurilish invest”da stajirovka o’tashdi

Avval xabar berganimizdek, Toshkent davlat transport universiteti va “О‘z shahar qurilish invest” IK MCHJ bilan stajirovka о‘tashga kelishilgan edi. Ushbu ishlarni tizimli yо‘lga qо‘yish maqsadida Qurilish muhandisligi, Bino va inshootlar qurilishi ta’lim yo’nalishining bir guruh talabalari MCHJ obyektlarida bо‘ldi.

“О‘z shahar qurilish invest” IK MCHJ tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumanida 5.6 ga qurilayotgan 20 ta 16 qavatli xonadonlar qurilishi jarayoni o’rganildi. Binolar 2, 3, 4 xonali xonadonlardan iborat, har bitta uyda 2 tadan lift ishlatiladi. Binoning ichimlik suv bilan ta’minlashda aqlli nasoslar foydalanish ko’zda tutilgan. Uylarda issiqlik energiya tejamkorligini oshirish maqsadida gazablok va 10 sm bazalt qoplamalaridan qoplangan.
 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram