Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalar “O’ZSHAHARQURILISHINVEST” bilan ish o’rganishi mumkin

Talabalar “O’ZSHAHARQURILISHINVEST” bilan ish o’rganishi mumkin

Ishlab chiqarish amaliyoti – oʻquv mashgʻulotlari turi. Unda talabalar korxona va boshqa muassasalarda oʻquv dasturlarida belgilangan vazifalarini mustaqil ravishda bajaradi. Toshkent davlat transport universiteti va “О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ bilan stajirovka о‘tashga kelishilgan. Ushbu ishlar tizimli yо‘lga qо‘yilishi maqsadida Qurilish muhandisligi fakulteti dekani A.Babayev “О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ qurilishda texnik nazorat amalga oshirish bо‘limi boshlig‘i о‘rinbosari Z.О‘roqov hamkorligida MCHJ obyektlarida bо‘ldi.

“О‘zshaharqurilishinvest” IK MCHJ tomonidan Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Alimkent kо‘chasi, Xovost 2-tor manzilida 24-sonli xarbiy shaharcha hududida joylashgan 4 ta 80 xonadonli 16 qavatli uylarni qurilish jarayoni bilan tanishdi. Ushbu obyektlarda kelgusida talabalar amaliyot o’tashlari kelishildi. 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram