OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalarning o’zini-o’zi boshqaruv Kengashi haqida

Nazira Nurmurodovna Olimova

2021-yil 25-yanvarda Universitet qoshida Talabalarning oʻzini – oʻzi boshqaruv Kengashi (keyingi oʻrinlarda – Talabalar Kengashi) – universitet talabalarining oʻzini – oʻzi boshqaruvi vakillik kollegial organi sifatida tuzildi. Talabalar Kengashi boshqaruv masalalari boʻyicha talabalarning fikrlarini hisobga olish va universitetning mahalliy normativ hujjatlarini qabul qilishda, talabalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga taʼsir koʻrsatadigan, shuningdek, talaba – yoshlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish, ularning ijtimoiy tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash va amalga oshirish maqsadida yaratilgan.
2020-yil 5-dekabrda Universitetda bo’lib o’tgan saylov natijalariga ko’ra Talabalarning o’zini-o’zi boshqaruv Kengashi Prezidenti etib Nazira Nurmurodovna Olimova saylandi.

Talabalar Kengashida boshqaruv vakili sifatida Talabalar Kengashi Prezidenti, 8 nafar fakultetlarning moderatorlari va 3 nafar bo’lim menejerlari kiradi.

Tuzilma asosiy 3 ta bo’limni va unga kiruvchi 5 tadan yo’nalishni qamrab oladi:

  • Talabalarni ilm-fanga yo‘naltirish bo‘limi
  • Tashkiliy nazorat bo‘limi
  • Media va matbuot bo‘limi

Talabalarning o’zini-o’zi boshqaruv Kengashi nizomi orqali barcha ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

Toshkent davlat transport universiteti Talabalar kengashi 

NIZOMI