OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruv kengashi

Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruv kengashi

Universitetda Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqarish bo‘yicha dadil qadamlar tashlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida talabalarning rolini oshirish, ularni boshqaruv jarayonlarida jalb qilish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida qator islohotlar olib borilmoqda. Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilgan ilk kundayoq, ushbu jarayonga alohida urg‘u berildi. Ya’ni 2020-yil sentabr oyida TDTU rektori tashabbusi bilan “Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruv Kengashi” tuzildi va saylovdan so‘ng 2021-yil 25-sentabrda tasdiqlandi.

(RUS va INGLIZ tilidagi nomlanishi:

Совет студенческого самоуправления / Student Self-Governance Association)

Talabalarning oʻzini-oʻzi boshqaruvi Kengashi Bo‘limlari 3 ta bo‘lib, har biri alohida yo‘nalishlarga ega:

Talabalarni ilm-fanga yo’naltirish bo‘limi:

  • Ta’lim turizmi va ta’lim sifatini nazorat qilish (kuzatuvchi);
  • Startaplar, ixtirolar va innovatsion loyihalar bilan ishlash;
  • Tashqi aloqalar va ijtimoiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • Ilmiy anjuman, konferensiya va forumlarni tashkil etish;
  • Ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar bilan ishlash.

Tashkiliy nazorat bo‘limi:

  • Sport va salomatlik yo‘nalishi
  • Uchrashuv va seminarlar tashkil etish;
  • Kurslar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish:
  • IT & Kompyuter texnologiyalari
  • Debat, notiqlik, liderlik kurslari
  • Psixologik treninglar
  • Mnemonika
  • Tadbirkorlik
  • Til kurslari
  • Kitobxonlik
  • Tadbirlar va tanlovlarni amalga oshirish

Media va matbuot bo‘limi SMM:

  • Kotibiyat (ma’lumotlar bazasini shakllantirish, choraklik hisobotlarni taqdim etish);
  • Tadbirlarni suratga olish, videoga olish;
  • Videroliklar tayyorlash;
  • Radio va TV faoliyati bilan shug’ullanish;
  • OAV larda faoliyat yoritish (Telegram, Facebook, Linkedin, ResearchGate), PR guruh (universitet kanallari);
  • Reklama (post)
  • Grafik dizayner (foto e’lonlar, banner, flayer, infografika hamda sertifikat, diplom va faxriy yorliqlar tayyorlash).

Toshkent davlat transport universiteti qoshidagi Talabalarning o’zini – o’zi boshqaruv Kengashi bilan talabalar, maxsus loyihalar; O’zbekiston va xalqaro miqyosdagi tanlovlar; Yoshlar uchun treninglar, forumlar; Yozgi maktab va stajirovkalar; Xalqaro stipendiya dasturlari; Mahalliy va xalqaro grantlar; Yoshlar mavzusida foydali bo’lishi mumkin bo’lgan boshqa mavzudagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

INTELLECT — eng yaxshi oliygohlar oʻrtasida qiziqarli viktorina, #grantlarstipendiyalar loyihasi, University Radio efiri, “Ajdodlar mardona ruhi senga yor…” shiori ostida xalqaro ilmiy maqolalar va tezislar, @TDTrU_murojaat_bot maxsus onlayn murojaat boti yaratildi, Eng mashhur IT kompaniyasi Master KLASS, eslab qolish bo’yicha Rossiya rekordchisi, O’zbekiston mnemosport federatsiyasi prezidenti Davronbek Turdiyevdan intizorlik bilan kutilgan seminar bo‘lib o‘tdi, ichki va xalqaro ziyorat turizmi muhitini yaratish, maqsadida Oʻzbekiston transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ va universitet rahbariyati hamda Talabalarning o‘zini-o‘zi boshqaruv Kengashi  tomonidan Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.

2021-yil davomida ijtimoiy muhtoj talabalarga ham talabalarning aynan o’zi bilan birgalikda ko‘mak berildi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram