Xalqimiz azaldan ilmli, ma’rifatli kishilarni qadrlagan, ilm ahlini har tomonlama qo’llab-quvvatlagan. Shundan bo’lsa kerak, xalq orasida “Bilagi zo’r birni yiqar, bilimi zo’r mingni” degan naql keng tarqalgan. Shuning uchun ham muqaddas dinimizda ilm-ma’rifat doimo ulug’lanib kelgan. Imom Buxoriyning “Al-jome’ as-Sahih” kitobida “Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmagay” deb ilmga urg’u berib o’tganligi bejiz emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev barcha ma’ruzalarida ilm-fan, innovatsiya, shijoat va tashabbuskorlik xususida takror va takror ta’kidlaydi. Darvoqe, ta’lim-tarbiya uzluksiz jarayon bo’lib, ushbu jarayonda hech qachon tanaffus bo’lmaydi. Va shu o’rinda ta’lim va tarbiya yuksak mas’uliyat talab etadigan jarayondir. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya ijtimoiy islohotlar zanjiridagi eng muhim halqa hisoblanadi.
➥ Batafsil:
JUMANIYoZ RAMATOV,
Toshkent davlat transport universiteti professori.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram