OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Ta’lim yo’lida hamkorlik

Ta’lim yo’lida hamkorlik

Toshkent davlat transportuniversiteti ta’lim olish jarayonini yanada samarali va sifatli bo’lishi, yoshlarni ko’rgazmali qurollar orqali tarbiyalash maqsadida nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan ham uzviy aloqa o’rnatgan. Jumladan, Yoshlar ittifoqining tuman kengashi bilan hamkorlikda Yoshlarga oid davlat dasturi asosida reja tuzilgan. Reja Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yo’nalishi, Yuksak ma’naviyatli, qat’iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarashga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash,ularda mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 tashabbus loyihasi, Demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda yoshlar faolligini oshirish hamda huquqiy savodxonlikni rivojlantirish, Yoshlarning zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashi uchun munosib shart-sharoitlar yaratish, ularni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng jalb etish, Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini va oila muqaddasligi g’oyalarini keng targ’ib qilish, erta turmush qurish va yosh oilalar ajralishining oldini olishga qaratilgan samarali tadbirlarni amalga oshirish, Yoshlarning bo’sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida ijodiy to’garaklar va xorijiy tillarni o’rganishga kengjalb etish, ularning intellektual va ijodiy salohiyatlarini ro’yobga chiqarishga ko’maklashish, Yosh oilalar, imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo’llab-quvvatlash, Yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni baravaqt oldini olish hamda sifatli profilaktika ishlarini tashkil etish kabi bandlarini o’z ichiga olib ular bo’yicha ishlar yo’lga qo’yilgan. Jumladan, rahbar va yoshlar uchrashuvi doirasida O’zbekiston Respublikasi transport prokurori, adliya katta maslahatchisi M.M. Xodjayev bilan, Transport tizimlari boshqaruvi fakulьteti talabalari bilan Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor Baratov Dilshod Xamidullayevich bilan, Iqtisodiyot fakulьteti talabalari bilan O’quv ishlari bo’yicha prorektor Gulamov AbdulazizAbdullayevich bilan ochiq muloqot, Toshkent viloyati Pskent tumanida joylashgan qizil hududga kiritilgan 35,38,40, Mirobod tumanidagi 214,125,213, 218 va 154 maktablarda rus va ingliz tili bo’yicha tayyorlov kurslari o’z faoliyati yo’lga qo’yildi, O’zbekiston Respublikasi transport prokuraturasi bilan hamkorlikda Xotin-qizlar bayrami munosabati talaba-qizlar Samarqand shahriga, o’g’il bola talabalar Buxoro shahriga, kam ta’minlangan talabalar Xorazm shahriga sayohatga yuborildi, Mirobod tumani hokimligi , Milliy gvardiya va Yoshlar ittifoqi tomonidan “Salomatlik sari 5000 ming qadam” shiori ostida marafon, AmayaSoft mobil o’yinlar kompaniyasi rahbari hamda VRonica vertual o’yinlari asoschisi Akmal Salixov bilan, Alvon, YF, YSK brendlari ta’sischisi Sherzod Beknazarov bilan master-klasslar, “Sharq ziyokor”, “Yangi avlod”, “Yangi asr” nashriyotlari bilan hamkorlikda kitob yarmarkalari, Xalk deputatlari, Toshkent shahar deputati, sotsiologiya fanlari doktori, professor Toshpo’lot Matibayev ishtirokida TTJ talabalari uchun “Giyohvandlik asr vabosi, undan yoshlarimizni asraylik” hamda “Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusida profilaktik tadbir, “Yoshlik” teatr studiyasi, “Osmondagi bolalar” quvnoqlar va zukkolar jamoasi, “Liderlar” zakovat jamoasi hamda Munozara klubi tashkil etildi

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram