Bugun Toshkent davlat transport universitetida “Zakovat” o’yinlari super final bosqichi bo’lib o’tdi. Bu musobaqa universitet tarixidagi eng katta masshtablisi bo’ldi. Saralash bosqichlarida 124 ta jamoa qatnashgan bo’lsa, finalda 7 ta jamoa Breyn ring orqali kuch sinashishdi. Ta’limga tikilgan investitsiya – eng yaxshi investitsiya hisoblanadi. Shuni inobatga olib universitet ma’muriyati talabalarga jami 18 million pul mukofotlarini ajratdi. Final so’ngida:
1-o’rin uchun 9 million, 2-o’rin 6 million, 3-o’rin 3 million pul mukofotlari o’z egalarini topdi. Keskin baxs-munozaralarga boy tarzda o’tgan musobaqada “Respect” jamoasi 1-o’rinni, “UVD” jamoasi 2- o’rinni, “BI-34” jamoasi esa 3-o’rinni egalladi.
“Zakovat” qizg‘in va murosasiz bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar kelgusida professional bilimdonlar safini kengaytirishga ishonamiz.
✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram | Facebook | Instagram