Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Tantanali marosim doirasida «Uzbekistan Airports» AJ bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi

Tantanali marosim doirasida «Uzbekistan Airports» AJ bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi

3 – sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yangi uchib ketish zali foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan tantanali ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu rekonstruktsiya ishlari yo’lovchilarga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilgan.
Marosimda yangi uchish zalining imkoniyatlari haqida fikrlar yuritilib, uning optimal funktsionalligi yo’lovchilarga parvozdan oldin yuqori sifatli xizmat ko’rsatish va poytaxt aeroportida vaqtni maroqli o’tkazish imkonini berishi ta’kidlandi.

Tantanali marosim doirasida Uzbekistan Airports boshqaruv raisi Ra’no Jo’rayeva va Transport universiteti rektori Odil Abduraxmanov o’rtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi.

 

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga a’zo bo’ling!
Tstu.uz | Telegram  | Facebook  | Instagram