OʻzbekEnglishРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

Targ‘ibot tadbirlariga 1-kurs talabalari katta qiziqish bildirdi

2020 yil 27 noyabr kuni Toshkent davlat transport universitetida “Yangi O‘zbekiston –yangicha dunyoqarash” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbir tashkil etishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish hamda pandemiya tufayli tushkin kayfiyatga tushib qolgan xalqimizning kayfiyatini ko‘tarishdir.

Tadbirda universitet jamoasi bilan bugun mamlakatimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar haqida fikr almashildi. Qatnashchilar o‘z hayotidagi o‘zgarishlar, yaqinlarining yutuqlari, kelgusida universitetda, kafedrada, akademik guruxlarda bo‘ladigan yangiliklar haqida o‘z munosabatlarini bildirdi.

Tadbirni ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent “Temurbeklar maktabi” o‘quvchilari, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktyorlari, O‘zbekiston xalq artisti Mehri Bekchanova hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Mehmonali Salimovlar, Mirobod tumani musiqa san’at maktabining “Nihol” raqs dastasi, uning badiiy rahbari Bagirova Natalya Vecheslavovna, o‘qituvchilari G‘anieva Nodira Toxir qizi, Muxtorov Bobur, Uzaqov Abror, Kubryufina Kira, universitetimizda tahsil olayotgan Zulfiyaxonim izdoshlari, ya’ni Sherzodova Xulkar hamda Abdullayeva Ruxsoralar o‘z chiqishlarni bilan yaqindan yordam berishdi.

Shuningdek ko‘rgazma tashkil etishda “Sharq ziyokori” nashriyoti, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik va dizayn instituti, universitetning “Mohir qo‘llar” to‘garagi a’zolarining hissalari katta bo‘ldi.

Yurtimizda keyingi yillarda barcha sohalarda erishilayotgan yutuqlar haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyishi, qiziqarli viktorinalar 1-kurs talabalarida katta qiziqish paydo qildi. Ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Faxr va g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otib, ertangi kunga, kelajakka ishonch hislarini yanada mustahkamladi.

Matbuot xizmati

Leave a Reply