OʻzbekРусский Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

TDTrU rahbariyatining “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” davlat korxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi

TDTrU rahbariyatining “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” davlat korxonasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi

2021 yil 10 avgustda “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” davlat korxonasi vakillarining Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati bilan uchrashuvi bo’lib o’tdi.
“Politexnik” texnoparkidan “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” Bosh direktori – Ishlab chiqarish faoliyati bo’yicha prorektori, t.f.n., dotsent – Alekseyev Yuriy Gennadyevich, “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” DK Bosh direktori o’rinbosari, t.f.n., dotsent – Lushik Pavel Yevgenievich va “Politexnik” BITU ilmiy-texnologik parki” DK yetakchi ilmiy xodimi, dotsent – Baranovskiy Konstantin Eduardovich. Delegatsiyani Transport universiteti rahbariyati qabul qildi.
Uchrashuv boshida Alekseyev Yuriy Gennadiyevich “Politexnik” texnoparkining yutuq va imkoniyatlari haqida taqdimot qildi. Uchrashuvda tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va ilmiy-texnik aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, “Politexnik” texnoparki rahbariyati Toshkent davlat transport universitetida texnoparkni yaratish va faoliyatini tashkil etishda ishtirok etish niyatida. Texnopark tajribasi TDTrU uchun nafaqat ilmiy-tadqiqot loyihalarni ishlab chiqishda, balki OTM professor-o’qituvchilarining yutuqlarini tijoratlashtirish tajribasini o’rganish nuqtai nazaridan ham qiziq.
“Politexnik” texnoparki nafaqat Belarus Respublikasida, balki MDH mamlakatlarida ham zamonaviy va texnologik jihatdan ilg’or ilmiy-tadqiqot markazlaridan biridir. Texnopark ishlanmalari ko’plab xorijiy mamlakatlarda amalga oshirilmoqda.