“O’zbekiston yoshlari forumi-2021” oyligi doirasida 18-19 dekabr kunlari Toshkent shahridagi Innovatsion o’quv va ishlab chiqarish texnoparkida “O’zbekiston uchun 100 g’oya” loyihasi final bosqichi bo’lib o’tdi.
Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti 11-19 guruh talabasi Ismatov Sherzod Azamat o’g’li “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” loyihasining final bosqichida g‘olib bo‘ldi hamda “O‘zbekistonning eng ilg‘or TOP 100 yoshlari” qatoridan joy oldi. Talaba Ismatov Sherzod Azamat o‘g‘li diplom, esdalik sovg‘alar va 10 000 000 so‘m pul mukofoti egasi bo‘ldi.