Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

“Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar,istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi yakunlandi

“Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar,istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiyasi yakunlandi

Temir yo‘l sohada zamonaviy harakatlanuvchi tarkibini loyihalash, ta’mirlash va takomillashtirishdagi muammolarni tahlil qilish va yechimini izlash, temir yo‘l sohasini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini aniqlash maqsadida joriy yilning 20–23 aprel kunlari Toshkent davlat Transport universitetida “Temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi: muammolar, yechimlar,istiqbollar” mavzusidagi birinchi xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Toshkent davlat transport universiteti hamda Temir yo‘l transporti ilmiy-tadqiqot markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Transport vazirligi mutasaddilari, xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalaridan olimlar va yetuk soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha mamlakatimiz temir yo‘llarini yanada rivojlantirish, harakat xavfsizligini oshirish, harakatlanuvchi tarkib parkidan samarali foydalanish hamda sohani istiqbolini belgilashga qaratilgan aniq taklif va kelishuvlarga erishish rejalashtirilgan. To‘rt kun davom etgan xalqaro konferensiyada 7 ta davlatdan professor-olimlar qatnashdi.

Shohsanam Maxamadjanova

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!