Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

«Texnopark» kompaniyasi bitiruvchilar bilan mehnat shartnomasining bandlarini kelishib oldi

«Texnopark» kompaniyasi bitiruvchilar bilan mehnat shartnomasining bandlarini kelishib oldi

«Texnopark» kompaniyasi Transport universitetiga tashrif buyurdi va bitiruvchilarni ishga taklif qildi.

«Texnopark» kompaniyasi yuqori texnologiyali, raqobatbardosh, eksportga yo’naltirilgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qo’yilgan vazifalarni amaliyotga tadbiq etuvchi sanoat korxonalari guruhini o’zida aks ettiradi.

Maqsadi — import o’rnini bosuvchi mahsulotlar va maishiy texnikalarni keng assortimentda ishlab chiqarishni tashkil etish hamda yangi ish o’rinlarini yaratishdan iborat.

— Texnopark – fan, ta’lim va ishlab chiqarishni ilmiy tashkilotlar, loyiha konstruktorlik byurolari, o’quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalari birlashmasi ko’rinishidagi hududiy uyushtirish shakli, – deydi kompaniya rekruting (ishga olish) xizmati rahbari Sherzod Mirzoyev. – Shu ma’noda kompaniyaga yuqori malakali yosh mutaxassislarni ishga jalb qilish maqsadida Transport universitetiga tashrif buyurdik. Oliy ma’lumotli va yuqori malakali mutaxassislarga ehtiyojimiz yuqori.

«Texnopark» kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida universitet bitiruvchilari bilan bir qatorda, yuqori kurs talabalari ham ishtirok etdi.

Kompaniya bitiruvchi-yoshlarni ishga, yuqori kurs talabalarini stajirovkaga (ish haqi to’lash sharti bilan) taklif etdi.
Qo’shimcha ma’lumotlar uchun: +99895-515-00-72 kompaniya Rekruting xizmati.

Leave a Reply