Oʻzbek Toshkent shahar Mirobod tumani Temiryo'lchilar ko’chasi 1-uy | rektorat@tstu.ru | +998 71-299-00-01 | +998 71 293-57-54

THE Impact Rankings reytingidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish to’g’risida seminar-trening boʻlib oʻtdi

THE Impact Rankings reytingidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish to’g’risida seminar-trening boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 14-15 sentabr kunlari Toshkent davlat transport universiteti kichik majlislar zalida Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo’limi xodimlari Israilov U. Sh. (bo’lim boshlig’i), Yaxshiyev Sh. Sh., Vohidov M. A. (bosh mutaxassislar) tomonidan THE Impact Rankings 2023 reytingidagi Barqaror Rivojlanish Maqsadlarini amalga oshirish to’g’risida seminar-trening mashg’ulotlari tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq oʻtkazildi.
Ushbu seminar-treningdan ko’zlangan asosiy maqsad – “Times Higher Education” Impact Rankings reytingi talablarini batafsil o’rganib chiqish, ushbu reytingda universitetimiz o’rnini yuksaltirish va amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlarni jadallashtirish bo’lib, fakultet tyutorlari o’z oldilariga yangidan-yangi maqsad va vazifalarni qo’yishdi hamda amalga oshirilishida bosh islohotchi bo’lishlarini bildirishdi.
Uchrashuv davomida tyutorlar tomonidan berilgan barcha savollarga bo’lim mutaxassislari tomonidan tegishli javoblar berildi hamda yangi o’quv yilida amalga oshirilishi kerak bo’lgan ishlar kelishib olindi.

✅Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!